Quyidagi faktlar esa buni yanada aniqroq tushuntiradi.

1. p53 geni bizni saratondan himoya qiladi. DNKda xato bo‘lsa uni tuzatadi. Tuzalmay qolsa hujayrani yo‘q qiladi. p53 buzilganda nima bo‘ladi? Hujayra o‘lmaydi. Xato DNK bilan ko‘payaveradi. O‘sma (RAK) boshlanadi.

2. RAS geni “Gaz pedali” tiqilib qolsa…Bu gen hujayraga “bo‘lin, o‘s” deb signal beradi. Agar RAS mutatsiya bo‘lsa bu gaz pedali doim bosilib turadi. Natijada to‘xtovsiz bo‘linish sababli RAK yuzaga keladi.

3. Wnt / β-katenin yo‘li Ichak va jigar o‘smalarining asosiy mexanizmi Normalda β-katenin parchalanib ketadi. Mutatsiyada esa yadroga kirib, ko‘payish signali yoqiladi. Yo‘g‘on ichak rakining asosiy sababi shudir.

4. TGF-β organizmdagi “tormoz” ishlamay qolsa TGF-β hujayra o‘sishini to‘xtatib turadi. Agar u o‘chsa tormozsiz mashina kabi hujayra to‘xtovsiz bo‘linib ketadi.

5. Angiogenez rak o‘ziga qon tomir yasaydi. O‘sma o‘ziga yangi tomirlar chaqiradi.

Bu tomirlar o‘sma uchun yoqilg‘i kabi qon bilan taminlanishi kuchaygani sari RAK o‘saveradi.

6. Apoptoz o‘chadi hujayra o‘lishni yuzaga kelmaydi. Natijada BCL-2 ko‘payib ketganda hujayra o‘lish signaliga bo‘ysunmaydi. (limfomalar, leykemiyalar)

7. DNK ta’mir tizimining buzilishi (BRCA, MLH1, MSH2) DNKdagi xatolar tuzatilmaydi → mutatsiyalar qor bo‘roni kabi ko‘payadi. Aynan shu mexanizm ko‘krak va tuxumdon rakining asosiy sababi hisoblanadi.

Saraton tasodif emas. U genetik va molekulyar jarayonlarning uzoq yillar davom etgan buzilishi natijasidir.

Tanamizda millionlab hujayralar har kuni o‘ladi, yangilanadi, ta’mirlanadi.

Lekin “nasos buzilsa, filtr ifloslansa, tormoz ishlamasa” saraton boshlanadi.

O‘z sog‘lig’ingizni asrang. Tibbiy tekshiruvdan vaqtida o‘ting. Saratonni oldini olish uni davolagandan ko‘ra ancha oson va arzon.
Doctor. Bekzod Ibodov