Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, FOXO3A geni faol bo‘lgan odamlarda hujayra qarish jarayoni sekinlashadi. Bu gen hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qiladi, ya’ni DNK zararlanishining oldini oladi. Yana bir muhim gen 9-xromosoma, q22.33 qismida joylashgan Klotho geni bo‘lib uni “uzoq umr geni” deb atashadi. U hujayra ichidagi fosfat va kalsiy muvozanatini saqlaydi, bu esa yurak, buyrak va miya va deyarli barcha azolarning faoliyatini yosh saqlab turadi. Klinik dalil: Yaponiyada 90 yoshdan oshgan uzoq umr ko‘rgan odamlarda FOXO3A genining faol varianti 3 baravar ko‘p uchraydi. Qarigan hujayralarda telomeralar (xromosoma uchidagi “himoya qopqog‘i”) qisqaradi. Telomera qancha qisqa bo‘lsa, inson shuncha tez qaraydi. Oksidlovchi stress va DNK zararlanishi har kuni bizning tanamizda millionlab erkin radikallar (zararli kislorod molekulalari) hosil bo‘ladi. Ular DNKni “kesib tashlab”, qarish jarayonini tezlashtiradi. Salbiy ekologiya chekish, notog’ri ovqatlanish, stress, quyoshda uzoq yurish, yomon uyqu bularning barchasi erkin radikallarni ko‘paytiradi. DNK testlari orqali “qarish profili”ni bilish mumkin. Dunyoda DNK analiz orqali biologik yoshni aniqlash testlari keng qo‘llanilmoqda. Ular hujayralardagi metilatsiya darajasini, telomera uzunligini va antioksidant genlarning faoliyatini o‘lchash va boshqa bir qancha tahlillar orqali aniqlanadi. Bu jarayonni sekinlashtirish uchun: vitamin C, E, koenzim Q10, foydali hisoblanadi. Bu postdan keyin vitamin C,E va Q10 qimmatlashib ketmasa bo'ldi.

“Siz yoshlikni qaytara olmaysiz, lekin hujayralaringizni yosh saqlab qolishingiz mumkin.”  Bu postni qarishni xohlamaydigan do‘stlaringizga yuborib qo‘ying!
Doctor Ibodov Bekzod.